Fitoxol 6 yoshdan oshgan bolalar uchun shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qo'llaniladi2
Preparatni homiladorlik va emizish davrida ayol uchun kutilayotgan foyda homila va go'dakga nisbatan potentsial havfdan yuqori bo’lgan xollarda shifokor ko’rsatmasiga asosan qo'llash mumkin2
Eng yaxshi ta'sirga erishish uchun Fitoxol ovqatdan 30 daqiqa oldin, chaynamasdan, oz miqdorda suv bilan ichish tavsiya etiladi. Optimal qo’llash sxemasi: 1-2 kapsuladan sutkasiga 3 marta. Kasallikning holati va kechishiga qarab davolanish kursi davomiyligi va uning dozasini shifokor individual belgilaydi. Odatda davolash kursi 20 kunni tashkil qiladi. Takroriy davolash kurslarini shifokor bilan maslaxatlashgandan so’ng o’tkazish mumkin2
Fitoxol surunkali kalkulyoz bo’lmagan xoletsistit va o’t pufagi diskineziyasi bilan og'rigan odamlarga tavsiya etilishi mumkin. Shuningdek, surunkali gepatitni kompleks davolashning tarkibiy qismi sifatida2
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, o’t yo'llarini obstruktsiyasi, xolangit, o't pufagining yiringlashi (empiema), o't tosh kasalligi, jigar va o't pufagi o’tkir yallig’lanishi kasalliklari, o'tkir jigar yetishmovchiligi, o'tkir bo’yrak yetishmovchiligi, siydik yo’li obstruktsiyasi, o’tkir buyrak kasalliklari.2
* “Dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat reestri” ma’lumotlariga ko’ra https://uzpharm-control.uz/pages/state-register-of-medicines-and-medical-products
** Jigar va o’t pufagi kasalligini davolashda dori vositasining keng ko’lamli ta’siri faqatgina uning foydalanish bo’yicha tibbiy yo’riqnomaga muvofiq qo’llanilganidagina kuzastiladi.